Yig‘lar
Qulog‘imni yerga tutsam, qulog‘imda armon yig‘lar.
Qarog‘imni ko‘kka tiksam, qabog‘imda osmon yig‘lar.
Qiyomatdan qo‘rqmas bukun Muhammadning ummatlari,
Bu dunyoda musulmon ko‘p, lekin sag‘ir iymon yig‘lar.
Ko‘ngli toshlar ichra boshim urgani bir dosh topmadim,
Yig‘laydilar ohlar urib, diydasidan yosh topmadim,
Naqilay o‘zdan bo‘lak ko‘nglimga sirdosh topmadim,
Sabr tilab ko‘nglimga, bo‘g‘zimni tilib jonim yig‘lar.
Yig‘lar, yig‘lar dunyo bizdan o‘ksib yig‘lar.
Yig‘lar, yig‘lar zamon bizdan xafa yig‘lar.
Yig‘lar, yig‘lar osmon dardin aytib yig‘lar,
Yetti olamni yaratgan ustimizdan kulib-kulib yig‘lar!
Topganing o‘zga buyursin, ortsa so‘ng qavmingga ber.
Do‘sti nodondan abad, dushmani ziyrak yaxshilar.
Olloh sening yodingdadir, gar peshonangdan tomsa ter.
Maxmut-minnat oshing yesang, qozoningda yolg‘on yig‘lar.
Yig‘lar, yig‘lar dunyo bizdan o‘ksib yig‘lar.
Yig‘lar, yig‘lar zamon bizdan xafa yig‘lar.
Yig‘lar, yig‘lar osmon dardin aytib yig‘lar,
Yetti olamni yaratgan ustimizdan kulib-kulib yig‘lar!
Yig‘lar, yig‘lar dunyo bizdan o‘ksib yig‘lar.
Yig‘lar, yig‘lar zamon bizdan o‘ksib yig‘lar.
Yig‘lar, yig‘lar osmon dardin aytib yig‘lar,
Yetti olamni yaratgan ustimizdan kulib-kulib yig‘lar!