Юлдуз Усмонова — Sovchilar

Юлдуз Усмонова Sovchilar

Текст песни

Koʻtarishib tugunlarini,

Kelib endi uyga sovchilar,

Soʻzga chechan, avrashga usta,

Biroz ayyor, biroz lofchilar,

Choy ichishgach bir piyoladan,

Soʻz ochishdi kuyov boladan,

Musichadek beozor, yuvosh,

Tili shirin, zoʻr qaynonadan!

 

Qiz boladur palaxmon toshi!

Men nima ham qila olaman-

Man-man-man-man?

Kelin boʻlay, bor alamimni

Oʻsha bezoridan olaman-

Man-man-man-man! (2x)

 

Sar hunarmand, mulla deyishdi

Gʻirt bezori bolalarini,

Obroʻsini roʻkach qilishdi,

Soʻng – ammayu xolalarini.

Erkagina jayron edim-a,

Tillo zanjir solib ketishdi,

Aylantirib onam boshini,

Mening boshim bogʻlab ketishdi.

 

Qiz boladur palaxmon toshi!

Men nima ham qila olaman-

Man-man-man-man?

Kelin boʻlay, bor alamimni

Oʻsha bezoridan olaman-

Man-man-man-man! (2x)

 

Клипы «Sovchilar»

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Юлдуз Усмонова Sovchilar предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.