Тексты и переводы песен

Юлдуз Усмонова - Qizg'aldog'im

Юлдуз Усмонова — Qizg'aldog'im

Смотреть клип

Qizg'aldog'im

Qizgʻaldogʻim, qirdan boʻlak koshonang yoʻq,
Kokil yoysang, yerdan boʻlak toshoynang yoʻq,
Oʻksib-oʻksib turganingda oʻzim borib,
Peshonangdan oʻpay desam, peshonang yoʻq.
 
Qizgʻaldogʻim, qirdan boʻlak koshonang yoʻq,
Kokil yoysang, yerdan boʻlak toshoynang yoʻq,
Oʻksib-oʻksib turganingda oʻzim borib,
Peshonangdan oʻpay desam, peshonang yoʻq.
 
Qizgʻaldogʻim,
Sen ardogʻim, Ovunchogʻim,
Qizgʻaldogʻim.
 
Qizgʻaldogʻim,
Sen ardogʻim, Ovunchogʻim,
Qizgʻaldogʻim.
 
Qadring bilgan, darding bilgan, ayt, kiming bor?..
Kelib-ketar bahor senga bevafo yor,
Goʻzalsanki, senga bari gullar agʻyor,
“Oh” ursang, bir ohing tinglar ostonang yoʻq.
 
Sollanasan kelinchakday boshing egib,
Jayron oʻtgan soʻqmoqlarga yoshing toʻkib,
Qizil yuzing qon dilimga turar tegib,
Meningdek sen gʻaribning ham parvonang yoʻq
 
Qizgʻaldogʻim,
Sen ardogʻim, Ovunchogʻim,
Qizgʻaldogʻim.
 
Qizgʻaldogʻim,
Sen ardogʻim, Ovunchogʻim,
Qizgʻaldogʻim.
 
Qizgʻaldogʻim,
Sen ardogʻim, Ovunchogʻim,
Qizgʻaldogʻim.
 
Qizgʻaldogʻim,
Sen ardogʻim, Ovunchogʻim,
Qizgʻaldogʻim.
 
Qizgʻaldogʻim,
Sen ardogʻim, Ovunchogʻim,
Qizgʻaldogʻim.
 
Qizgʻaldogʻim,
Sen ardogʻim, Ovunchogʻim,
Qizgʻaldogʻim.
 

Понравилась песня? Будем очень благодарны, если вы расскажете о ней друзьям:



Послушать песню и посмотреть клип "Qizg'aldog'im"

Видеоклипы к песне подбираются автоматически сайтом youtube.com. Отказ от ответственности

Текст песни Юлдуз Усмонова Qizg'aldog'im предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.