Ota so‘zi
Derazadan tushgan nurda
O`g`lim, mening ko`zim bor.
Elga qilgan savobingda
Bilki, yorug` yuzim bor.
Gar g`aflatdan yiroq ersang,
Vujudingda o`zim bor.
Bolam, otam o`lgan dema,
Men o`zingda yashayman.
Kim ortingdan duo qilsa,
Men izingda yashayman. (x2)
Bandasidan qo`rqma, bolam,
Qo`rqqin faqat Xudodan.
Yukinmagin sen har kasga,
Shafqat tila Allohdan.
Rosti o`lmoq – kulib ketish,
Bu yolg`onchi dunyodan.
Bolam, otam o`lgan dema,
Men o`zingda yashayman.
Diling-tiling bir bo`lsa gar,
Men so`zingda yashayman. (x2)
Farzand inson ortidagi
Yonib qolgan chiroqdir.
Chiroq yoqsang, parvonaman,
Ruhim mening uyg`oqdir.
Sen unutma, oxiratda
Har daqiqang so`roqdir.
Bolam, otam o`lgan dema,
Men o`zingda yashayman.
Jondan aziz suygan o`gling,
Ham qizingda yashayman. (x2)
Umr o`zi – oqar daryo,
To`g`oni bu o`limdir.
Qaro yerga bo`sh kirgan
Mening ikki qo`limdir.
Allohning yerda soyasi –
Islom mening o`glimdir.
Tinch bo`lsa gar xalqing, yurting,
Men o`zingda yashayman.
Halol bo`lsa topgan noning,
Men tuzingda yashayman. (x2)
Derazadan tushgan nurda
O`g`lim, mening ko`zim bor.
Elga qilgan savobingda
Bilki, yorug` yuzim bor. (x2)