Юлдуз Усмонова — Ko'rmasam Βo'lmas

Юлдуз Усмонова Ko'rmasam Βo'lmas

Текст песни

Yelkamga yuk tashladi osmon,

Bu azoblar bergaymi omon?..

Tushun, Seni sog'indim yomon,

Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

 

Eh bunchalar bo'lmas, ko'rmasam bo'lmas

Seni bugun diydoringa to'ymasam bo'lmas

Eh bunchalar bo'lmas, to'ymasam bo'lmas

Seni bugun jonim, jonginam ko'rmasam bo'lmas

 

Balki quyosh kular ertaga,

Ochiladi gullar ertaga.

Nima bo'lsa bo'lar ertaga,

Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

 

Eh bunchalar bo'lmas, ko'rmasam bo'lmas

Seni bugun diydoringa to'ymasam bo'lmas

Eh bunchalar bo'lmas, to'ymasam bo'lmas

Seni bugun jonim, jonginam ko'rmasam bo'lmas

 

Uzun tunlar bunchalar mahzun,

Mahzun kunlar bunchalar uzun.

Men ertaga yashashim uchun,

Seni bugun ko'rmasam bo'lmas

 

Eh bunchalar bo'lmas, ko'rmasam bo'lmas

Seni bugun diydoringa to'ymasam bo'lmas

Eh bunchalar bo'lmas, to'ymasam bo'lmas

Seni bugun jonim, jonginam ko'rmasam bo'lmas (x2)

 

Клип «Ko'rmasam Βo'lmas»

Видеоролики хранятся и модерируются сервисом YouTube. Отказ от ответственности

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Юлдуз Усмонова Ko'rmasam Βo'lmas предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.