Kerakmidi
Ko‘rdim necha yorlarni,
Ham oshig‘u zorlarni,
Yolg‘onu oshkorlarni –
Menga shu kerakmidi?
Kunday yoning bo‘lardi,
Zumda joning olardi,
Goh shaytoning bo‘lardi –
Menga shu kerakmidi?
O‘xshatsam men arslonga –
Aslida erkakmidi? –
Ko‘z tikar ko‘p polvonga –
Menga shu kerakmidi?
Daba-daba-dab-dab-dabim-dab,
Sevdim men, sevdim men.
Daba-daba-dab-dab-dabim-dab,
Javob berdim unga men. (2x)
Gul deb o‘pishdan tinmas,
Bergan so‘zida turmas,
O‘l deb qadrimga yetmas –
Menga shu kerakmidi?
Yolvoradi xudoga,
U mendagi obro‘ga
O‘xshab ketar gadoga –
Menga shu kerakmidi?
O‘xshatsam men arslonga,
Aslida erkakmidi,
Ko‘z tikar ko‘p polvonga –
Menga shu kerakmidi?
Daba-daba-dab-dab-dabim-dab,
Sevdim men, sevdim men.
Daba-daba-dab-dab-dabim-dab,
Javob berdim unga men. (5x)