Юлдуз Усмонова — Burgutlar

Юлдуз Усмонова Burgutlar

Текст песни

Atrofimda na pastkash na mard qoldi

Yuragimda na orzu na dard qoldi

Tog‘larga teng bardoshimdan gard qoldi

Meni ko‘kka olib uching burgutlar

Telba istak isyon qilar tanimda

Bir dardkash yo‘q, habibim yo‘q yonimda

Joy qolmagan mendaylarga zaminda

Meni ko‘kka olib uching burgutlar

 

Burgutlar burgutlar

Meni ko‘kka olib uching burgutlar

 

Odil qushsiz erkingizni sotmagan

Mag‘rur qushsiz o‘laksaga boqmagan

Kim ham sizga havas qilib yonmagan

Meni ko‘kka olib uching, burgutlar

Imkon bering osmonni bir ko‘rayin

Moviy ko‘kda zo‘r mo‘jiza tuyayin

O‘lsam sizdek qush qo‘lida o‘layin

Meni ko‘kka olib uching burgutlar

 

Burgutlar burgutlar

Meni ko‘kka olib uching burgutlar

 

Клип «Burgutlar»

Видеоролики хранятся и модерируются сервисом YouTube. Отказ от ответственности

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Юлдуз Усмонова Burgutlar предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.