Юлдуз Усмонова — Bu bir kam dunyo

Юлдуз Усмонова Bu bir kam dunyo

Текст песни

Bu dunyoning yarmi baxt yarmi qayg’u

Bu dunyoning yarmi dard yarmi kulgu

Bu dunyoning yarmi chin yarmi yolg’on

Bu dunyoning yarmi do’st yarmi dushmon

 

Bu dunyoning yarmi o’ch yarmi alam

Bu dunyoning yarmi to’y yarmi motam

Ikki yorda bir butun bo’lolmadik

Ishqimizga umrlar tilolmadik

 

Bu bir kam dunyo bo’lsa

Tun yarim kunduz yarim

Inson butun man desa

Baxt yarim omad yarim

 

Bu birkam dunyo bo’lsa

Tun yarim kunduz yarim

Inson butun man desa

Baxt yarim omad yarim

 

Hech bo’lmasa baxtim deb meni alda

Sochlaringni silashga qo’lim kalta

Osmonimda oy bo’lib bir to’lmasang

Men nechun hofiz bo’ldim sen bo’lmasang

 

Tilimga bir so’z keldi shu asnoda

Uchrashamiz ikkimiz u dunyoda

Bu dunyoning yarmi baxt yarmi qayg’u

Bu dunyoning yarmi dard yarmi kulgu

 

Bu birkam dunyo bo’lsa

Tun yarim kunduz yarim

Inson butun man desa

Baxt yarim omad yarim

 

Bu birkam dunyo bo’lsa

Tun yarim kunduz yarim

Inson butun man desa

Baxt yarim omad yarim

 

Клипы «Bu bir kam dunyo»

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Юлдуз Усмонова Bu bir kam dunyo предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.