Тексты и переводы песен

Юлдуз Усмонова - Bahor

Юлдуз Усмонова — Bahor

Смотреть клип

Bahor

Ko‘z ochgan kurtaklar ko‘zimga chiroy,
Bulbullar bayoti so‘zimga chiroy.
Tog‘da qolgan qorlar endi xush qoling,
Keldingmi munisam, onam, ko‘klamoy.
 
Biz seni sog‘indik, ey xokisorim,
Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim?(×2)
 
Seningsiz yozning ham yozligi yolg‘on,
Kuzning etagiga to‘kilmas xazon.
Qishning ertagini kim ham tinglardi,
Bag‘rida bahorni ko‘rmasa omon.
 
Orazi oftobim, ko‘zi xumorim
Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim?(×4)
 
Yomg‘irlaring boshqa, chaqmog‘ing boshqa,
Bulutlar yarashgan qabog‘ing boshqa.
Chehrangdan aylanay, jonim momo yer,
Yalpizlar yarashgan yanog‘ing boshqa.
 
Maysaning, chechakning, gulning egasi,
Oshiqlar axtargan baxtning egasi.
Men seni hammadan ko‘proq sog‘indim,
To‘tr fasl ichida ko‘nglim erkasi.
 
Ko‘zlarga sig‘magan, gulim, gulzorim,
Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim?(×2)
 
Topilgan tumorim, atru iforim,
Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim?(×2)
 

Понравилась песня? Будем очень благодарны, если вы расскажете о ней друзьям:



Послушать песню и посмотреть клип "Bahor"

Видеоклипы к песне подбираются автоматически сайтом youtube.com. Отказ от ответственности

Текст песни Юлдуз Усмонова Bahor предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.