Тексты и переводы песен

Юлдуз Усмонова - Azizim

Юлдуз Усмонова — Azizim

Azizim

Sevgimiz o'ldimi, libosingiz ko'k,
Ko'nglingiz begulxan, ko'zingiz becho'g'.
Bizdan borish yo'qdir, sizdan kelish yo'q -
Kelishsiz dunyoda beg'am, azizim,
Nega ko'zlaringiz benam, azizim.
 
O't yetdi - qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqqa sochdingiz balandlarimni.
Aqlimni, dilimni - bebaxtlarimni,
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim.
 
Ammo siz sarg'aymang - gulli bog' bo'ling,
Yam-yashil ko'karing, mudom sog' bo'ling.
Bahorning bag'rida beadog' bo'ling -
Axir, qarg'aganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sig'mas, azizim
 

Понравилась песня? Будем очень благодарны, если вы расскажете о ней друзьям:



Послушать песню и посмотреть клип "Azizim"

Видеоклипы к песне подбираются автоматически сайтом youtube.com. Отказ от ответственности

Текст песни Юлдуз Усмонова Azizim предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.