Юлдуз Усмонова — Ayol oshiq bo'lsa gar

Юлдуз Усмонова Ayol oshiq bo'lsa gar

Текст песни

Erkak oshiq bo‘lsa gar,

Guldan bo‘sa oladi.

Ayol oshiq bo‘lsa gar,

Yonar, o‘tda qoladi.

 

Erkak oshiq bo‘lsa gar,

Arslon tonar izidan.

Ayol oshiq bo‘lsa gar,

Yomg‘ir yog‘ar ko‘zidan.

 

Mayli, mayli, shukr, Ollohim.

Meni ayol etib yaratding.

Nima, nima edi gunohlar –

Ishq yo‘liga meni qaratding.

Mayli, mayli, shukr, Ollohim.

Bizni ayol etib yaratding.

Nima, nima edi gunohlar –

Ishq yo‘liga bizni qaratding.

 

Erkak oshiq bo‘lsa gar,

Hayf sanalmas gunohi.

Ayol oshiq bo‘lsa gar,

Topilmagay panohi.

 

Erkak oshiq bo‘lsa gar,

Unga qadah tutarlar.

Ayol oshiq bo‘lsa gar,

Begap tavba kutarlar.

 

Mayli, mayli, shukr, Ollohim.

Meni ayol etib yaratding.

Nima, nima edi gunohlar –

Ishq yo‘liga meni qaratding.

Mayli, mayli, shukr, Ollohim.

Bizni ayol etib yaratding.

Nima, nima edi gunohlar –

Ishq yo‘liga bizni qaratding. (3x)

 

Клип «Ayol oshiq bo'lsa gar»

Видеоролики хранятся и модерируются сервисом YouTube. Отказ от ответственности

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Юлдуз Усмонова Ayol oshiq bo'lsa gar предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.