Ozodbek Nazarbekov — Yolg'izman.

Ozodbek Nazarbekov Yolg'izman.

Альбом: Xush keldingiz (2012)

Жанры — Поп

Текст песни

Ko'ngilda ishq ozori,

Yurakda g'am bozori.

Xayolda yor diydori,

Yolg'izman, yolg'izman.

 

Tunim o'tar ingroqda,

Dard tiqilar tomoqqa.

Bu g'amlarni yengmoqqa,

Ojizman, ojizman.

 

Yarim dilim yancharlar,

Yuragimda xanjarlar.

Yarim dilim yancharlar,

Yuragimda xanjarlar.

Ayamayin sancharlar,

Holsizman, holsizman.

 

Kim do'stimu kim dushman,

Bilolmay faromushman.

Kim do'stimu kim dushman,

Bilolmay faromushman.

Qanoti singan qushman,

Qo'lsizman, qo'lsizman.

 

Ko'ngilda ishq ozori,

Yurakda g'am bozori.

Xayolda yor diydori,

Yolg'izman, yolg'izman.

 

Pushaymon dil yonmoqda,

Jon o'zidan tonmoqda.

Pushaymon dil yonmoqda,

Jon o'zidan tonmoqda.

Ortinga qayt demoqqa,

Tilsizman, tilsizman.

 

Ko'ngilda ishq ozori,

Yurakda g'am bozori.

Xayolda yor diydori,

Yolg'izman, yolg'izman.

Yolg'izman, yolg'izman.

 

Клип «Yolg'izman.»

Видеоролики хранятся и модерируются сервисом YouTube. Отказ от ответственности

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Ozodbek Nazarbekov Yolg'izman. предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.