Ozodbek Nazarbekov — Sevarmisan

Ozodbek Nazarbekov Sevarmisan

Текст песни

Ko‘ngling qulfin buzib kirsam,

Bo‘ronlardek to‘zib kirsam,

So‘ng umidim uzib ko‘rsam

Yig‘larmisan?

Kutarmisan?

 

Kulging qo‘shar jonimga jon,

Bir sevib yig‘lashing armon,

Men uchun yurakdan jonon

Yig‘larmisan?

Sevarmisan?

 

So‘ngi bora yo‘qlab kelsam,

Poyinga bosh qo‘yib o‘lsam,

Mening telbam deya erkam

Yig‘larmisan?

Sevarmisan?

 

Siqilsam taftingdan kuyib,

Kipriging ostidan to‘yib,

Yoshdan labingga suv quyib

Yig‘larmisan?

Ko‘narmisan?

 

Sochlaring bo‘ynimda dorim,

Ko‘nglimda yagona borim,

Yomg‘irdek bir bor bahorim

Yig‘larmisan?

Yig‘larmisan?

 

So‘ngi bora yo‘qlab kelsam,

Poyinga bosh qo‘yib o‘lsam,

Mening telbam deya erkam

Yig‘larmisan?

Sevarmisan?

 

So‘ngi bora yo‘qlab kelsam,

Poyinga bosh qo‘yib o‘lsam,

Mening telbam deya erkam

Yig‘larmisan?

Sevarmisan?

 

Клипы «Sevarmisan»

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Ozodbek Nazarbekov Sevarmisan предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.