Тексты и переводы песен

Sening

Ey, azaldin to abad, ko‘nglim giriftoring sening,
Chora qilkim, bo‘ldi jonim asru afgoring sening.
 
Dilbarimning mazhabida yo‘qdurur rasmiy vafo,
Ey ko‘ngul, ne yerga yetgay nolai zoring sening.
Sening, sening…
 
Ey, azaldin to abad, ko‘nglim giriftoring sening,
Chora qilkim, bo‘ldi jonim asru afgoring sening.
Sening, sening....
 
Jon berur chog‘da qoshimg‘a Tangri uchun kel begim,
Bore ko‘rmish bo‘lg‘amen bir lahza diydoring sening.
 
Shar ichinda bo‘lsa uzruk, so‘ziga yo‘q e’tibor,
Qonima bergay tonuqlik ikki ayyoring sening.
Sening, sening…
 
Ey, azaldin to abad, ko‘nglim giriftoring sening,
Chora qilkim, bo‘ldi jonim asru afgoring sening.
Sening, sening....
 
Har qachon Lutfiyni o‘ltursang jafo tig‘i bila,
Anda ham bo‘lg‘ay mening ruhim madadkoring sening.
 
Dilbarimning mazhabida yo‘qdurur rasmiy vafo,
Ey ko‘ngul, ne yerga yetgay nolai zoring sening.
Sening, sening…
 
Ey, azaldin to abad, kônglim giriftoring sening,
Chora qilkim, bo‘ldi jonim asru afgoring sening.
Sening, sening....
 

Понравилась песня? Будем очень благодарны, если вы расскажете о ней друзьям:



Послушать песню и посмотреть клип "Sening"

Видеоклипы к песне подбираются автоматически сайтом youtube.com. Отказ от ответственности

Текст песни Ozodbek Nazarbekov Sening предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.