Ozodbek Nazarbekov — Eshigingda

Ozodbek Nazarbekov Eshigingda

Альбом: Diydor shirin (2007)

Жанры — Поп

Текст песни

Man nola qilay shomu sahar dod eshigingda,

Jonimni beray, shoʻxi parizod, eshigingda.

 

Ul lolayu rayhonu suman, toza qizil gul,

Ham sarv bukildi, qaddi shamshod, eshigingda.

 

Zulfing sani bu jonima yuz domu boʻladur,

Giryonu figʻon, nolayu faryod eshigingda.

 

Savdoyi muhabbatga tushibman sani izlab,

Oʻldirdi gʻaming, koʻzlari jallod, eshigingda.

 

Ashkim toʻkibon hajru g’amingda kecha kunduz,

Vayrona vatan manzili obod eshigingda.

 

Ul husni jamolingning oʻti Mashrabga tushibdi,

Parvonasifat kuydi, parizod, eshigingda.

 

Клип «Eshigingda»

Видеоролики хранятся и модерируются сервисом YouTube. Отказ от ответственности

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Ozodbek Nazarbekov Eshigingda предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.