Sevara Nazarkhan — Yagonam o'zing

Sevara Nazarkhan Yagonam o'zing

Альбом: Bahtimdan (2000)

Жанры — Поп

Текст песни

Uzun-uzun karvon yasab samoda,

uchib o‘tar qayga turnalar -

Ikkimizning sevgimizni joylashga

dunyo bag‘ri tor shunchalar.

 

Nelargadir bo‘ysundikmi bizlar ham,

taqdir bizni shu ko‘yga soldi,

Bu dunyoning azal-abad biri kam,

kami uchun sevgimiz oldi.

 

Yagonam o‘zing, yagonam o‘zing,

uzun-uzun o‘ylarim bag‘riga cho‘mdim,

Yagonam o‘zing, yagonam o‘zing,

ko‘rinadi ma`yusgina nigohing.

 

Sen mening bahorim, sen mening orim,

gullarga bezaysan, gullarga,

Sen kelsang dildagi shubha,

armonlar sochilib qoladi yo‘llarga.

 

Nelargadir bo‘ysundikmi bizlar ham,

taqdir bizni shu ko‘yga soldi,

Bu dunyoning azal-abad biri kam,

kami uchun sevgimiz oldi.

 

Yagonam o‘zing, yagonam o‘zing,

uzun-uzun o‘ylarim bag‘riga cho‘mdim,

Yagonam o‘zing, yagonam o‘zing,

ko‘rinadi ma`yusgina nigohing

 

Клипы «Yagonam o'zing»

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Sevara Nazarkhan Yagonam o'zing предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.