Sevara Nazarkhan — Quyoshga qarab oqqan suv

Sevara Nazarkhan Quyoshga qarab oqqan suv

Текст песни

Quyoshga qarab oqqan suv,

Dardimni aytgan edim-ku,

Dodimga yetmaysan nega,

Quyoshga qarab oqqan suv?

 

Qandayin san do‘stimsan,

Ohlar to‘la ko‘ksimda,

Oh urib ketmassan nega,

Quyoshga qarab oqqan suv?

 

N a q o r a t

Suvingga qo‘shib yoshimni,

Qiblaga qaratib boshimni,

Yotqizib ketmaysan nega,

Quyoshga qarab oqqan suv?

 

Men kimman, men bir yolg‘izman,

Suv bo‘yida bir yalpizman,

Oqizib ketmaysan nega,

Quyoshga qarab oqqan suv?

 

Quyoshga qarab oqqan suv,

Onamdek erib boqqan suv,

Dodimga yetmaysan nega,

Quyoshga qarab oqqan suv?

 
N a q o r a t
 

Quyoshga qarab oqqan suv,

Dardimni aytgan edim-ku,

Dodimga yetmaysan nega,

Quyoshga qarab oqqan suv?

 
N a q o r a t
 

Клип «Quyoshga qarab oqqan suv»

Видеоролики хранятся и модерируются сервисом YouTube. Отказ от ответственности

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Sevara Nazarkhan Quyoshga qarab oqqan suv предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.