Тексты и переводы песен

Sevara Nazarkhan - Netay

Sevara Nazarkhan — Netay

Netay

Netay, sog'lar ichra xastadur bu jon,
Sevgisiz umrga qoldi dogʻ inib.
Tun bo'yi qalbimni qiynadi armon,
Tun bo'yi yig'ladim, seni sog'inib.
 
Qaydadur sargardon bizning baxt,
Seni sevardim-ku, sevgilim, jondan.
Bahorda gullari to'kilgan daraxt
Yana meni kutsin, ayt, qahratonda.
 
Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir so'zingni eshitguncha to
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.
 
Azizim, faqat sen yosh toʻkma sira,
Men shirin damlardan nasiba oldim.
Hamon faxrdaman, shu hayot ichra,
Seni hayotdan ham ko'proq sevoldim.
 
Xayolan qaygadur yana shoshildim,
Dilda yal-yal yondi qizil gul unib.
Tun bo'yi bulbulga xiyonat qildim,
Tun bo'yi yig'ladim seni sog'inib.
 
Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir so'zingni eshitguncha to
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim…
 

Понравилась песня? Будем очень благодарны, если вы расскажете о ней друзьям:



Послушать песню и посмотреть клип "Netay"

Видеоклипы к песне подбираются автоматически сайтом youtube.com. Отказ от ответственности

Текст песни Sevara Nazarkhan Netay предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.