Sevara Nazarkhan — Bir kam dunyo

Sevara Nazarkhan Bir kam dunyo

Текст песни

Gohida g‘am, goh quvonch,

allaqanday tashvishlar,

gohi gumon, goh ishonch

qalb qafasin to‘ldirar.

O‘zimizga ishonib,

gohi birga bo‘lamiz,

musibat yetgan chog‘da

zaif titrab qolamiz.

Bu hayot dengizida

biz misoli tomchilar,

har tomchi amalidan

dunyo to‘ri to‘qilar.

Bir kam dunyo...

Shod-xurramlik, g‘am-qayg‘u

unda birga turar.

Bir kam dunyo!

Bir kam dunyo!..

Yaxshilik va yomonlik

mudom bahsin surar.

Bir kam dunyo,

sinovingdan o‘tishga

har kim madad, najot tilar.

Muhabbat - shirin og‘u.

Ishq qo‘liga aylanib,

bevafoning ahdiga

goh qolamiz aldanib.

Mashaqqatli bu hayot

aslida bir muallim.

Xom sut emgan bandalar,

undan olmaymiz ta’lim.

Baxt boylikka cho‘mganda

yo‘qotamiz halovat,

dunyo bir kamligiga

hech qilolmaymiz toqat.

Bir kam dunyo!...

Shod-xurramlik, g‘am-qayg‘u

unda birga turar.

Bir kam dunyo!..

Sinovingdan o‘tishga

har kim madad, najot tilar...”

 

Клипы «Bir kam dunyo»

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Sevara Nazarkhan Bir kam dunyo предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.