Rayhon — Qaytadi

Rayhon Qaytadi

Текст песни

O‘tadi bu qayg‘uli hasratlar,

To‘kilgan bu yoshlar,

Dard-alam o‘tar.

O‘chadi bu hayotda qiynagan,

Sen ko‘rgan azoblar,

Qalbingdan o‘char.

Keladi yana bahor, ketadi sendan ozor,

Sen zor bo‘lgan bu yorug‘ tuyg‘ular

Qalbingga qaytadi, sevinchlar qaytar.

O‘tadi hasrat, o‘tadi nafrat,

Hammasi o‘tkinchi, o‘tadi sog‘inch.

Qaytadi sevgi, qaytadi umid,

O‘tar hijron, o‘tar qayg‘u. (x2)

Qaytadi bu yuragingga yana

Sof, toza muhabbat,

Bor umid qaytar.

Qaytadi bu sen xohlagan kunlar,

Bir umr kutgan baxt

Qalbingga qaytar.

Kezadi bedor bo‘lib, kezadi zor tentirab

Xor etgan sevgi uvoli uni.

Yuragin g‘ashlaydi, o‘tlarga tashlab.

O‘tadi hasrat, o‘tadi nafrat,

Hammasi o‘tkinchi, o‘tadi sog‘inch.

Qaytadi sevgi, qaytadi umid,

O‘tar hijron, o‘tar qayg‘u. (x2)

(Qaytadi sevgi, qaytadi ishonch,

Qaytadi sevgi, qaytadi quvonch,

Qaytadi sevgi, qaytadi.)

O‘tadi hasrat, o‘tadi nafrat,

Hammasi o‘tkinchi, o‘tadi sog‘inch.

Qaytadi sevgi, qaytadi umid,

O‘tar hijron, o‘tar qayg‘u. (x2)

Qaytadi sevgi, qaytadi ishonch,

Qaytadi sevgi, qaytadi quvonch,

Qaytadi sevgi, qaytadi. (x2)

 

Клипы «Qaytadi»

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Rayhon Qaytadi предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.