Rayhon — Халос эт (Xalos Et)

Rayhon Халос эт (Xalos Et)

Текст песни

Bugun armon to‘lar qalbimda,

Yurak-bag‘rim bo‘lar pora-pora.

Ayt, seni sog‘ingan dilimni

Ne bilan ovutay, yo‘qdir chora?

 

Balki ko‘p vaqt o‘tmay, qalbingdan

O‘chira olarsan sevgim mening.

Yolg‘izlanib qolgan qalbimda

Abadiy chizilgan isming sening.

 

Xalos et meni javobsiz sevgingdan,

Bir zum xalos et, endi charchadim sog‘inchdan.

Begunoh yurak sarson arosatda,

Qalbim mahrum et bir on, to‘xtatgin sevishdan.

 

O‘ylasam, biz kutgan orzular

Tobora uzoqda bizdan ular.

Sevgimiz go‘yo bir hikoya,

Unda sahifalar tugab borar.

 

Balki ko‘p vaqt o‘tmay, qalbingdan

O‘chira olarsan sevgim mening.

Armonlarda qolgan qalbimda

Takror urib turar isming sening.

 

Xalos et meni javobsiz sevgingdan,

Bir zum xalos et, endi charchadim sog‘inchdan.

Begunoh yurak sarson arosatda,

Qalbim mahrum et bir on, to‘xtatgin sevishdan.

 

Клип «Халос эт (Xalos Et)»

Видеоролики хранятся и модерируются сервисом YouTube. Отказ от ответственности

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Rayhon Халос эт (Xalos Et) предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.