Armondan So'ra
Sensiz, o'tadi kunlar sensiz,
Orzular endi yolg'iz.
Yig'laydi yurak unsiz,
Qayg'ular go'yo cheksiz.
Qiyin menga sevgingsiz,
Qanday unutay?
Hammadan kechib men tanladim,
Ko'zlaringdan o'zim izladim.
Endi sevgimizda yolg'izman, qara.
Yuragim ovutdim nechalar,
Vujudimni alam parchalar,
Endi meni yolg'iz armondan so'ra.
Armondan so'ra, armondan so'ra.
Yetar, azoblaganing yetar,
Ishonchim ortga qaytar.
Yuragim senla ketar,
Qanday unutay?
Hammadan kechib men tanladim,
Ko'zlaringdan o'zim izladim.
Endi sevgimizda yolg'izman, qara.
Yuragim ovutdim nechalar,
Vujudimni alam parchalar,
Endi meni yolg'iz armondan so'ra.
Armondan so'ra, armondan so'ra.
Eslatar hamon,
Muhrlanib sendan qolgan orzular,
Faqat senga ishongandim.
Sen ketding oson,
O'ylagandim bari tez unutilar,
Qayg'ular…
Hammadan kechib men tanladim,
Ko'zlaringdan o'zim izladim.
Endi sevgimizda yolg'izman, qara.
Yuragim ovutdim nechalar,
Vujudimni alam parchalar,
Endi meni yolg'iz armondan so'ra.
Armondan so'ra, armondan so'ra.