Тексты и переводы песен

Ahir

Axir bo’lgan-ku senda omad,
Axir bo’lgan-ku senda baxtlar.
Ular qaytar, u begumon,
Ular faqat umidingdan umidvor.
 
Dunyo shunday yaralgandir azaldan,
Umr yo’li iborat oq-qoradan.
Buni bilsa ham gohida insonlar,
Sinov kelsa yorug’ kunni unutar.
Nega faqat, nega doim bilmayman,
Alamlarni changalida yonaman?
Deb shundayin qiynar inson o’zini
Nega shunda unutar yaxshi kunni?
 
Axir bo’lgan-ku senda omad,
Axir bo’lgan-ku senda baxtlar.
Ular qaytar, u begumon,
Ular ham umidingdan umidvor.
 
Sen o’zingni har kun ko’rib oynada,
Xuddi yana o’z aksingni ko’rasan,
Ikkisi ham ne istaydi bilasan,
Ikkisini axir sen boshqarasan.
Alamlaring– sevolasan degani,
Armonlaring–sen insonsan degani,
Taqdir, sabr–sen kuchlisan degani,
Azob-qayg’u–yashayapsan degani.
 

Понравилась песня? Будем очень благодарны, если вы расскажете о ней друзьям:



Послушать песню и посмотреть клип "Ahir"

Видеоклипы к песне подбираются автоматически сайтом youtube.com. Отказ от ответственности

Текст песни Rayhon Ahir предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.