Sevmasang Ayt
Yolgʻon sevging bilaman
Uni koʻzlaringdan sezaman
Sezib turib ham sevaman
Kulaman, goh kulaman
Ketgim keladi goh chidolmayin
Balki bu ishlaring sening atayin
Sinab soʻng sevasan deb kun sayin
Oʻylarga choʻmilib yuraman
(x2)
Sevmasang ayt, “sevmayman” de, ketay-ketay
Suymasang ayt, men ham sendan kechay
Charchadim javobsiz sevgidan
Baridan, charchadim baridan
Sezmadim mehringni, topmadim koʻnglingni
Axir baxtlarga toʻldirmoqchi edim umringni
Yuragim bezovta, sevgisiz kun oʻtar
Dil alamda, dil alamda
Qolarman indamay, hech bitta soʻz demay
Hech kunim yoʻq seni betinim oʻylamay
Umidim uzaymi, yo sendan kechaymi?
Ayt qaroring ketmayman deb qasam ichaymi
Sevmasang ayt, “sevmayman” de, ketay-ketay
Suymasang ayt, men ham sendan kechay
Charchadim javobsiz sevgidan
Baridan, charchadim baridan
(x2)
Sevmasang ayt, “sevmayman” de, ketay-ketay
Suymasang ayt, men ham sendan kechay
Charchadim javobsiz sevgidan
Baridan, charchadim baridan