Munisa Rizayeva — Sekin-asta

Munisa Rizayeva Sekin-asta

Текст песни

O‘ylab ko‘rdingmi men nega parishon,

Bilasanmu tunu-kun kimni o‘ylayman?

Oyni izlab osmondan kechalari bedorman,

Bilasanmu yoki bilmaysan, jonginam?

 

Men seni humoringman,

Sen shirin ozorimsan,

Mayli kelib-kelib sekin-asta

Mani yorimga aylanasan.

 

O‘yla-o‘yla sekin-asta,

Sevgisiz mani yuragim xasta,

Nola-ohlarim dasta-dasta –

Qiynamasdan kela qol asta. (x2)

 

Kundan kun sog‘inib tunlari bedor,

Sendan bir ishora kutaman,

Yaxshimanmi yomonman,

bilmay o‘zim hayronman,

Lekin aniq seni sevaman, jonginam.

 

Men seni humoringman,

Sen shirin ozorimsan,

Mayli kelib-kelib sekin-asta

Mani yorimga aylanasan.

 

O‘yla-o‘yla sekin-asta,

Sevgisiz mani yuragim xasta,

Nola-ohlarim dasta-dasta –

Qiynamasdan kela qol asta. (x4)

 

O‘yla-o‘yla sekin-asta…

O‘yla-o‘yla sekin-asta…

 

Клип «Sekin-asta»

Видеоролики хранятся и модерируются сервисом YouTube. Отказ от ответственности

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Munisa Rizayeva Sekin-asta предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.