Yonma Dil
Sevgilim dili yoʻq,
Jonga sanchadi choʻgʻ
Ishq – bu yurakka otilgan bir oʻq.
Koʻzlarim etdi koʻr,
Peshonam buncha shoʻr?
Yoʻllarim boyladi, ayladi toʻr. (x2)
Yonma, yonma, yonma, yonma dil,
Kelma, kelma, kelma endi bil.
Sevma, sevma, sevma endi dil,
Yonma, kuyma yurak, sabr qil.
Sevgilim, gʻamga toʻlib,
Boraman telba boʻlib,
Angladim – yolgʻizman endi dunyoda.
Yuragim tilib-tilib,
Koʻzlarim namga toʻlib,
Oldimu bagʻrimda armonda?
Sevgimiz endi yoʻq,
Tosh yuragingda choʻgʻ
Meni taqdir aldar buncha goh?
Sanchadi bir tikan,
Netay taqdir ekan,
Qachondir sogʻinib eslarmikan?
Yonma, yonma, yonma, yonma dil,
Kelma, kelma, kelma endi bil.
Sevma, sevma, sevma endi dil,
Yonma, kuyma yurak, sabr qil.
Yonma, yonma, yonma dil,
Kelma, kelma, kelma endi bil.
Sevma, sevma, sevma endi dil,
Yonma yurak, sabr qil…
Yonma, yonma, yonma, yonma dil,
Kelma, kelma, kelma endi bil.
Sevma, sevma, sevma endi dil,
Yonma, kuyma yurak, sabr qil.