Тексты и переводы песен

O‘jar

[Shahzod Murodov]
Hey, o‘jarsan-ey, o‘jarsan,
Aslo gapga kirmaysan.
Likir-likir qilaverma,
Shaddodliging qo‘ymaysan.
 
[Munisa Rizayeva]
Borim axir shu mani, ey,
Sho‘xligim bor mani.
Shuncha oshiqlar ichida
Voy, tanlagan edim sani.
 
[Munisa Rizayeva va Shahzod Murodov]
Qiynama, dardimga dardlar qo‘shmagin,
Xo‘p demay, ko‘p demay haddan oshmagin.
Qiynama, dardimga dardlar qo‘shmagin,
[Munisa Rizayeva]
Xo‘p demay, ko‘p demay haddan oshmagin.
 
[Shahzod Murodov]
Soddaroq bo‘laver, jon,
Yurishlaring ko‘p yomon.
Qancha gapirsam ham, lek
Foydasi yo‘q begumon.
 
[Munisa Rizayeva]
Bo‘ldi-bo‘ldi yetadi, (yo‘g‘e?)
Boshim og‘rib ketadi. (yo‘g‘e?)
Chapga, o‘ngga likir-likir,
Yoshlik o‘tib ketadi.
 
[Munisa Rizayeva va Shahzod Murodov]
Qiynama, dardimga dardlar qo‘shmagin,
Xo‘p demay, ko‘p demay haddan oshmagin.
Qiynama, dardimga dardlar qo‘shmagin,
[Munisa Rizayeva]
Xo‘p demay, ko‘p demay haddan oshmagin.
 
(Hay yar-a, hay yar-a, vohay-vohay, hay yar-a,
Likir-likir qilaverma… (x2))
 
[Shahzod Murodov]
Qiynama, dardimga dardlar qo‘shmagin,
[Munisa Rizayeva]
Xo‘p demay, ko‘p demay haddan oshmagin.
[Munisa Rizayeva va Shahzod Murodov]
Qiynama, dardimga dardlar qo‘shmagin,
[Munisa Rizayeva]
Xo‘p demay, ko‘p demay haddan oshmagin.
 
[Munisa Rizayeva va Shahzod Murodov]
Qiynama, dardimga dardlar qo‘shmagin,
Xo‘p demay, ko‘p demay haddan oshmagin.
Qiynama, dardimga dardlar qo‘shmagin,
[Munisa Rizayeva]
Xo‘p demay, ko‘p demay haddan oshmagin.
 

Понравилась песня? Будем очень благодарны, если вы расскажете о ней друзьям:



Послушать песню и посмотреть клип "O‘jar"

Видеоклипы к песне подбираются автоматически сайтом youtube.com. Отказ от ответственности

Текст песни Munisa Rizayeva O‘jar предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.