Тексты и переводы песен

Bir nima de

So‘zlagani meni sira qo‘ymaydi,
Bo‘ldi dema, deya-deya tinmaydi.
Qanaqa yana bahonalar o‘ylaydi?
Meni aldaydi, meni aldaydi.
 
Gap desa, gapirgani qo‘ymaydi,
Nega-nega menga ishonmaydi?
Balki endi bora-bora ko‘nmaydi,
Meni sevmaydi, meni aldaydi.
 
Dilni yaralama, yaralama,
Yana-yana yaralama,
Bo‘ldi bas, bularning chegarasi bormi?
Yaralama, yaralama, yana-yana yaralama,
Bo‘ldi bas, bularning chegarasi bormi?
 
Sog‘inaman, sog‘inaman, sog‘inaman de,
Kechalari ko‘chalarda ovunaman de,
Ora-chora, bora-bora og‘rinaman de,
Bir nima de, e, bir nima de! (x2)
 
Bas, yana bu shartlaring uydirma,
Safsatalaringga ishontirma.
Bo‘ldi-da yetar, meni kuydirma,
Meni yondirma, meni yondirma.
 
Kunda nega bir xabar olmaysan?
Nega mani qadrimni bilmaysan?
Balki sevaman, deya aldaysan?
Meni aldaysan, nega aldaysan?
 
Dilni yaralama, yaralama,
Yana-yana yaralama,
Bo‘ldi bas, bularning chegarasi bormi?
Yaralama, yaralama, yana-yana yaralama,
Bo‘ldi bas, bularning chegarasi bormi?
 
Sog‘inaman, sog‘inaman, sog‘inaman de,
Kechalari ko‘chalarda ovunaman de,
Ora-chora, bora-bora og‘rinaman de,
Bir nima de, e, bir nima de! (x4)
 

Понравилась песня? Будем очень благодарны, если вы расскажете о ней друзьям:



Послушать песню и посмотреть клип "Bir nima de"

Видеоклипы к песне подбираются автоматически сайтом youtube.com. Отказ от ответственности

Текст песни Munisa Rizayeva Bir nima de предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.