Тексты и переводы песен

Shisha

Bila olmadim nedir aybim, nedir aybim…
 
Singan shishani qancha urinma, qaytmaydi o‘z holiga,
Yopishtirib ko‘r, qo‘yib o‘z o‘rniga.
Izi iziga kelgani – bu degani yangimas,
Bu degani sinmadi, degani emas.
 
Bo‘lar undan yaxshi, undan yomon,
Lekin unday bo‘lmaydi endi hech qachon, tamom.
G‘ururim osmon edi, yer bilan bir qilding,
Ko‘zlarim olov edi, sho‘r suvga to‘ldirding, a.
 
Saning isming maning xayollarimdagi qora o‘ra,
Yoki o‘rama, nima u, deb so‘rama.
Manga qanchalar og‘ir sani kutgan onlar,
Undan ko‘ra qara – ochiq ora.
 
Har kun intilarding ko‘chaga,
Ertalabdan kechgacha yuraver ko‘chama-ko‘cha!
Qilmayman qo‘ng‘iroq deb “bor uyga”,
“Vaqtliroq bor uyga”!
 
Biz oldingi emasmiz endi,
Sen xohlagandek bo‘lsin mayli.
Qilmayman qo‘ng‘iroq ortiq,
Qancha qiynasa ham og‘riq.
 
Biz yosh bola emasmiz endi,
Sen xohlagandek bo‘lsin mayli.
Yoningga bormayman ortiq,
Qancha qiynasa ham og‘riq.
 
Qarab tursam, daraxtlardan to‘kilmoqda yaproqlar,
O‘ylab korsam, 10 kun ham bo‘lmapti gullaganiga ular.
Kunlar, tunlar bizlarni shunchalar tez
O‘zgartirib yuborar, deb o‘ylamas edim.
 
Men u bilan baxtli edim, u men bilan bilmasam,
Lek xatlaridan baxtlidek edi, qayta-qayta o‘qisam.
Oxiri bilsam, ancha bolibdi – chetdaman,
Qilgani alam – mendan boshqasi bilan!
 
Biz gullagan daraxt edik endi boshlanganida,
Yaproq bo‘lib to‘kildik ildiz lat yeganida.
Nima bo‘lganda ham, ikkimizdan qolmaydi meva,
Nima bo‘lganda ham kelma, bo‘lib qolganman telba.
 
Biz ikki sohilmiz bugun, garchi edik bir butun,
San yo‘llarimdagi tutun, qora bulut, qora tun.
Nima bo‘ldi sabab xiyonat qilishingga o‘sha tun?
Bilmadim, negadir ko‘zga yosh keldi o‘sha tun.
 
Biz oldingi emasmiz endi,
Sen xohlagandek bo‘lsin mayli.
Qilmayman qo‘ng‘iroq ortiq,
Qancha qiynasa ham og‘riq.
 
Biz yosh bola emasmiz endi,
Sen xohlagandek bo‘lsin mayli.
Yoningga bormayman ortiq,
Qancha qiynasa ham og‘riq.
 
Yig‘laydi osmonlar, yig‘laydi yurak,
Yig‘lardi ne dardda, bir kun biz ham kulsak kerak.
Kulmaydi bu ko‘zlar, kulmaydi lablar,
Kulmas dardi borlar, bir kun qutulsak kerak.
 
Qutulsak kerak… Bila olmadim…
 

Понравилась песня? Будем очень благодарны, если вы расскажете о ней друзьям:



Послушать песню и посмотреть клип "Shisha"

Видеоклипы к песне подбираются автоматически сайтом youtube.com. Отказ от ответственности

Текст песни Ummon Shisha предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.