Ummon — Ona

Ummon Ona

Текст песни

Faryod urib bugun ona

Eshitmaydi lekin bola

Ona yuzo farzandidan

Najot kutar yana-yana

Ona deydi farzandiga

Mehringa zor intizorman

Otang meni ko'p xorlagan

Yolg'iz sendan umidvorman

 
Ona so'zda davom etarkan
 

Otang bergan azoblardan

Yonib yonib kul bo'lardim

Beshik quchib tuyib tuyib

Seni xidlab ovunardim

Ko'zchalaring menga boqsa

Dardim senga aytar edim

Lekin bolam azobingdan

Bugun menga qilar alam

 

Ona faryod urarkan

Bola yuzin burarkan

Yordan ko'rmagan baxtin

Farzandidan kutarkan

Ona tinmay hech bir past

Umid qilar har nafas

Lekin aslo bilmas ekan

Farzand degan bir nokas

 

Yig'lar ona tunlar bedor

Orzulari bo'lib sarob

Tun quynida farzand beor

Qaytar uyga ichib sharob

Ona deydi farzandiga

Sen emasmu menga oftob

Muzlayapman tunlar bekor

Asli farzand nomi azob

 
Ona so'zda davom etarkan
 

Bir paytlar otang ursa

Taskin bulgan sen borliging

Murg'ak qilding urib tursa

Unut bo'lgan bu xo'rligim

Bu olamda yolg'iz o'zim

Qolib ketdim hech kimsasiz

Umidvorman xamon sendan

Muhtoj bag'rim qolar essiz

 

Ona faryod urarkan

Bola yuzin burarkan

Yordan ko'rmagan baxtin

Farzandidan kutarkan

Ona tinmay hech bir past

Umid qilar har nafas

Lekin aslo bilmas ekan

Farzand degan bir nokas

 

Клипы «Ona»

Заказать перевод Прислать свой вариант перевода

Текст песни Ummon Ona предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.