Eslayman
Jasur:
Haq, so’zlaring rost
Oramizda qolmadi hech qanday bir so’z
Shunchaki oq qogoz yolg’ondan
Sani sevaman dep yozilgan hatolardan iborat
Ikki so’z lekin u qogozda qolib ketar bir umrga
Balki yoqib yuborarman ertayo indinga
Chunki xoxlamayman menga sen haqingda eslatishini hech narsa
Yuragim hasta hayotim asta asta o’tib ketdi
Shoxruh:
Sani kutib yashash jonga tegib ketdi
Yo’llarim bora bora torayib ketdi
Biz o’tirgan bekatlar eskirib ketdi
Shuncha asrab sevganim mandan kechib ketdi
Jonga tegib ketdi
Sen haqingda har xil so’zlar
Yuragim qanchalar intalar shu so’zlar
Bilasanmi manga qanchalar og’ir shu so’zlarni eshitish
Sen haqingda yuribdi yomon so’zlar
Jasur:
Shuncha hatolar o’tdi oradan
Kimnidir bag’rida sevib sevilib yasharsan
Lek yurakni ko’zlari bo’lmas ekan
Sevaverar ekan
Atrofga bir nazar pisand qila olmas ekan
Shoxruh:
Ne istaydi bu yuragim sendan
Ahir sani yuraging kechib bo’lgan mendan
Hayotda hamma narsadan to’yar ekansan
Lekin negadir sevaverar ekan san
Zohid:
Ayt ne istaydi bu yurak sendan ayt
Shuncha azob va yana deydi qayt
Qanday qaytay ahir undaku ayb
Yuragim ayt
Shoxruh:
Haq, so’zlaring rost
Sani sevishimga qolmadi bir asos
Sani o’ylasam gar yuragim og’riydi biroz
Shugina xolos
Agarda hayotimda bo’lmaganingda balki bo’lardi o’zgacha
Hali hamon qiynalaman uxlolmay tonggacha
Yana qancha yuragim mayda parcha parcha bo’lib ketdi shu kunlargacha
Balki ancha uni unutaman deb keyotgan manzilimgacha
Jasur:
Balki hech qachon unutolmasman sen
Yuragimga o’chmas qilib yozilgan ilk sevgimni
Balki yaralar bitar hammasi o’tib ketar
Yilar o’tgandan keyin yana tag’in kim bilar
Sani kutmay qo’yganman
Faqat yuragim kutar
Sani demay qo’yganman
Faqat yuragim so’rar
Ne istaydi bu yuragim sendan
Ahir sani yuraging kechib bo’lgan mendan
Zohid:
Eslayman kutmayman
Yig’laysan qaytmayman
Bilarman bilarsan
Bir kuni unitilarsan
Afsuslar aqlingni
Yolg’izlik qalbingni
Sog’inchlar sochingni
Yosh to’la ko’zingni