Тексты и переводы песен

Boylik

Zohidbek
Aytgin ne kerak?
Bu yuragim seni majburlamaydi,
Senga men kerak
Yoki boylik afzal, aqlim yetmaydi.
Mayli, ketsang ket,
Ortiq bu yuragim bardosh bermaydi,
Sen meni sevmaysan,
Buni bilib yashash qiynaydi.
 
Senga bir soʻzim qolmadi,
Yetmadi qoʻlim, yetmadi.
Senga ne afzal, bilmayman,
Boylik yoki men, anglolmayman. (2x)
 
Shohrux
Nega qo'yvorolmayman,
Ketaver deyolmayman?
Bilaman, meni sevmaysan,
Sevilib yasholmayman.
Hammasi jonimga tegdi,
Senga so'zim qolmadi.
Mayli, endi ozodsan,
Seni sevishimdan chekinaman. (2x)
 
Jasur
Ketaver, tushganda kulfat boshimga!
Albatta, hammasi yaxshi edi
Kelganinda qoshimga,
O'xshar eding sirdoshimga,
Umr yo'ldoshimga.
Hammasi tutun bo'lib,
Uchib ketdi osmonga.
Dard oʻrab oldi mani toʻr bolib,
Sani sevar edim koʻzlarim koʻr boʻlib.
Yomgir yog'a-yog'a aylanib ketdi do'l bo'lib,
Turardim ho'l bo'lib, atrofim do'l bo'lib.
 
Senga bir so'zim qolmadi,
Yetmadi qoʻlim, yetmadi.
Senga ne afzal, bilmayman,
Boylik yoki men, anglolmayman. (2x)
 
Nega qo'yvorolmayman,
Ketaver deyolmayman?
Bilaman, meni sevmaysan,
Sevilib yasholmayman,
Hammasi jonimga tegdi,
Senga so'zim qolmadi.
Mayli, endi ozodsan,
Seni sevishimdan chekinaman.
Zohid
Sening va mening oramizda to'siq yo'q,
Sening va mening oramizda to'siq yo'q.
 

Понравилась песня? Будем очень благодарны, если вы расскажете о ней друзьям:



Послушать песню и посмотреть клип "Boylik"

Видеоклипы к песне подбираются автоматически сайтом youtube.com. Отказ от ответственности

Текст песни Ummon Boylik предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.