Тексты и переводы песен

Юлдуз Усмонова - Muhabbatjon

Юлдуз Усмонова — Muhabbatjon

Смотреть клип

Muhabbatjon

Diydor nadur? Diydor sening chin, samimiy kulgularing,
O'zingday sof, ham beg'ubor tozagina tuyg'ularing.
Yana keldim aytmoq uchun armonlarim, orzularim,
Kuyib o'tdim bu dunyodan dilda to'la alam, isnod.
Muhabbatjon, muhabbat, yur ketamiz, muhabbat!
Bu yerlarda g'iybat ko'p, yur ketamiz, muhabbat!
 
Garchi kimlar tepib o'tdi, ko'rsatmadim ko'zda yoshim,
Yomonlikni ko'raverib yuzdan oshib ketdi yoshim.
Do'st deganim oshim yeb, keyin esa yeydi boshim,
Qo'shiq aytsam binafshaga, qiqirlaydi so'lim rayhon.
Muhabbatjon muhabbat, yur ketamiz, muhabbat!
Bu yerlarda g'iybat ko'p, yur ketamiz, muhabbat!
 
Mehr nima? Odamlarda eng topilmas matomidir.
Qahr nima? Nomardlarning og'rig'iga davomidir.
Mehr bering, mehr kuting, yashashimiz xatomidir?
Yon atrofim to'la odam, topilmaydi biror inson.
Tog'im deya suyanganim, odamlardan ko'nglim qoldi,
Har baloni ko'rib bo'ldim, ko'rmaganim o'lim qoldi.
 
Muhabbatjon muhabbat, yur ketamiz, muhabbat!
Bu yerlarda g'iybat ko'p, yur ketamiz, muhabbat!(×2)
Muhabbat, muhabbat.
 

Понравилась песня? Будем очень благодарны, если вы расскажете о ней друзьям:



Послушать песню и посмотреть клип "Muhabbatjon"

Видеоклипы к песне подбираются автоматически сайтом youtube.com. Отказ от ответственности

Текст песни Юлдуз Усмонова Muhabbatjon предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.