Тексты и переводы песен

Bir imkon

Yana umidvor, qilaman izhor
Dildagi tuyg‘ularimni-yey.
Etmagin inkor, senda ko‘nglim bor,
Yashirib kulgularingni-yey.
 
O‘z me’yorida va sekin-asta
Aylansin bu koinot.
Bu xayol senda, holatim xasta,
Sensiz yozolmay qanot.
 
O‘z me’yorida va sekin-asta
Aylansin bu koinot.
Sevaman men umrbod,
Sevaman men umrbod!
 
Bir imkon bergin xolos,
Tuyg‘ularim rost,
Bu darddan meni etgin halos.
Bir imkon bergin xolos,
Tuyg‘ularim rost,
Bu darddan meni et halos.
 
Gapirgin hayot, bormikin najot
Qo‘llaringdan tutmoqlikni?
Bermagin ozor, nasib ayla yor,
Sog‘inib seni kutmoqlikni.
 
O‘z me’yorida va sekin-asta
Aylansin bu koinot.
Bu xayol senda, holatim xasta,
Sensiz yozolmay qanot.
 
O‘z me’yorida va sekin-asta
Aylansin bu koinot.
Sevaman men umrbod,
Sevaman men umrbod!
 
Bir imkon bergin xolos,
Tuyg‘ularim rost,
Bu darddan meni etgin halos.
Bir imkon bergin xolos,
Tuyg‘ularim rost,
Bu darddan meni et halos.
 
Umidvorman, hali ham umidvorman,
Umidim so‘nmagan, mehringga zorman.
Xanjar ila tilka-pora yuragim,
Telba dardimga bir o‘zingsan keragim.
 
Begona etma endi mani, so‘zlarim rost axir,
Devona bo‘ldim har kun mani, zarba berdi taqdir.
Bilsang edi, qanchalar qiynar hijron,
Iltimos, yo‘q demagin, bergin bir imkon.
 
(Ber bir-bir imkon…) (3x)
 

Понравилась песня? Будем очень благодарны, если вы расскажете о ней друзьям:



Послушать песню и посмотреть клип "Bir imkon"

Видеоклипы к песне подбираются автоматически сайтом youtube.com. Отказ от ответственности

Текст песни Munisa Rizayeva Bir imkon предоставлен в ознакомительных целях для личного развития.